Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiston — Janubiy Qozog‘iston viloyatining markazi

Turkiston — Janubiy Qozog‘iston viloyatining markazi

Foto: «zakon.kz»

3 million nufusga ega Janubiy Qozog‘iston viloyati markazi o‘zgardi: endilikda Chimkent emas, balki Turkiston viloyat markazidir. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Viloyat mahalliy kengashi deputatlari Turkistonning viloyat markazi bo‘lishini bir ovozdan tasdiqlashdi.

«Turkistonda endilikda xuddi Markaziy Osiyoning gavhar shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva singari turizm rivojlanadi. Qozog‘iston tarixi va madaniyatini yuksaltirishda bu shahar muhim ahamiyat kasb etadi, — degan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi Jonsaid Tuymaboyev.

Bu o‘zgarishdan so‘ng Chimkent, Kentov va Turkiston shaharlarining chegaralari qaytadan belgilab olinadi.

Nufusi 1 milliondan ziyod bo‘lgan Chimkent shahrining janubiy hududi Turkistonga o‘tkaziladi.

Ahmad Yassaviy tug‘ilib voyaga yetgan Turkiston shahri Qozog‘istonning tarixiy maskanlaridan hisoblanadi.

Ahmad Yassaviy maqbarasi UNESCOning nomoddiy-madaniy meros ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring