Turkiyada katta meteorit qulab tushdi
Kecha, 2 sentyabr kuni Turkiyaning janubi-sharqida katta meteorit quladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
NTV telekanalining xabar berishicha, samoviy jismni bir vaqtning o‘zida bir nechta shaharlar, jumladan Gaziantep, Malatya, Erzurum va boshqa shaharlar ustidan uchib o‘tgan.
Taxminlarga ko‘ra, meteorit Shonliurfa viloyatiga tushgan.
Lekin ayrim olimlar Turkiyaga qulagan jism meteorit emasligini ta’kidlamoqda.
O‘z navbatida, Polsha gazetasi ob’yekt meteorit bo‘lish uchun juda sekin harakat qilganini yozgan. Taxminlarga ko‘ra, Turkiyaga qulagan narsa – bu Xitoy raketasi bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter