Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Turkmanistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi

Foto: «Regnum.ru»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari prezidentlik saylovini o‘tkazishga tayyorgarlikni boshlashni topshirdi. Bu haqda bugun, 12-fevral kuni Turkmaniston MSK vakili jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasi vakili bo‘lajak prezidentlik saylovi sanasini aniq aytmagan. Ba’zi OAVlar ma’lumot berishicha, saylov 12 mart sanasida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Avvalroq 11-fevral kuni Xalq kengashi yig‘ilishida mamlakatni 15 yildan buyon boshqarib kelayotgan prezident Berdimuhamedov «yoshlarga yo‘l berish» niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. Berdimuhamedov Turkmaniston Xalq maslahati (parlament yuqori palatasi) raisi lavozimini tark etish niyatida.

Xalq maslahatining navbatdan tashqari yig‘ilishida so‘zga chiqqan faxriy oqsoqollar Berdimuhamedovning qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab, hukumatdagi moliyaviy-iqtisodiy blokni nazorat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring