Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmanistondagi inqirozda folbinlar ham ayblanmoqda

Turkmanistondagi inqirozda folbinlar ham ayblanmoqda

Turkmaniston huquq-tartibot idoralari folbin va tabiblarni «odamlarni talon-toroj qilishda» va «mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda» ayblamoqda. Mamlakat bo‘ylab reydlar o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari tushuntirish ishlarini olib bormoqda: ular folbinlar va tabiblardan maxsus davlat tekshiruvidan o‘tishlarini va faoliyatini davom ettirish uchun ruxsatnoma olishlarini talab qilmoqdalar.

«Ammo Turkmanistonda bunday faoliyatga ruxsatnoma beruvchi hech qanday davlat organi yo‘q», dedi muxbir.

Turkmanistonda tabib va folbinlar faoliyati qonun bilan taqiqlanmagan. Mamlakatda iqtisodiy inqiroz tufayli aholi folbinlarga tobora ko‘proq murojaat qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring