Uch yoshli «maugli» ikki kun o‘rmonda ayiq bilan yashadi

AQShning Shimoliy Karolina shtati, Ernul shahrida uch yoshli bolakay ikki kun o‘rmonda qolib ketdi. Uning aytishicha, o‘rmonda unga ayiq yordam bergan.
Uch yoshli Keysi Xeteuey do‘stlari bilan o‘ynab yurib, uyga qaytib kelmaydi. Bolani turli texnika, itlar va vertolyotlar yordamida qidirishdi va ikki kundan so‘ng topishga muvaffaq bo‘lishdi. Uni tikanaklar orasidan ivib ketgan holda topishgan. Bolakay yupqa kiyimlarda bo‘lganiga qaramay, minus darajali haroratda ham jon saqlay olgan.
Keysining ta’kidlashicha, shu vaqt davomida u ayiq bilan vaqt o‘tkazgan va ular do‘stlashib ham olishgan. Bolaning so‘zlarini isbotlashning imkoni yo‘q, ammo uning xolasi Breanna Xeteuey bu so‘zlarga ishonishini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter