Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uill Smit Nottingemshirdagi do‘konda suv sotmoqda (video)

Uill Smit Nottingemshirdagi do‘konda suv sotmoqda (video)

Foto: Korrespondent.net

Buyuk Britaniyaning Nottingemshir grafligidagi do‘konlardan birida xaridorlarga suv taklif qilayotgan sotuvchi Gollivud aktyori Uill Smit bo‘lib chiqdi. Odamlar uning bunday kutilmagan «kasb»ini videoga muhrlashdi.

Aniq bo‘lishicha, aktyor bu yo‘l bilan ichimlik suvi qatorini yo‘lga qo‘ygan o‘g‘liga yordam bergan. Yangi mahsulot endigina rastalarga chiqarilgan va Smit shu yo‘l bilan mahsulotni reklama qilmoqchi bo‘lgan. Aktyor ismi yozilgan beydjli sotuvchi kiyimida xaridorlarga yangi brendni tanishtirgan.

Bu suvning boshqalardan farqi shundaki, uning idishi qayta ishlangan plastikdan qilingan. Uill Smitning aytishicha, o‘g‘li bolalik chog‘ida okeandagi plastikni ko‘rib, doim uni nimadir qilishni istagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring