Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uill Smit rafiqasi haqida qo‘pol hazil qilgan boshlovchiga shapaloq tushirdi (video)

Uill Smit rafiqasi haqida qo‘pol hazil qilgan boshlovchiga shapaloq tushirdi (video)

«Oskar» mukofotini topshirish marosimida komik aktyor Kris Rok sahnadan turib Uill Smitning rafiqasi — Jada Pinkett Smit haqida qo‘pol hazil qildi. Bunga chiday olmagan Uill Smit o‘rnidan turib, sahnaga chiqdi va Rokning yuziga shapaloq tushirdi. Ushbu holat videosi tarmoqlarda tarqalib ketdi.

Hollivud muxbiri Skott Faynbergning yozishicha, Uill Smit o‘z joyiga qaytib kelgach, Kris Rokga qarab shunday dedi: «... og‘zing bilan rafiqamning ismini tilga olma».

Yig‘ilganlar bunday xatti-harakatdan hayratda qolishdi, tushunmovchilikdan sarosimaga tushishdi: bu hazilmi yoki Smit haqiqatan ham hamkasbiga zarba berdimi? Skott Faynberg voqeani haqiqatda sodir bo‘ldi, deb ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, komik aktyor sahnada Uill Smit rafiqasining «juda kalta soch turmagi» haqida hazil qilgan. Jada Pinkett Smit esa hozirda soch to‘kilishiga olib keladigan kasallik — alopetsiyadan aziyat chekmoqda.

Uill Smit rafiqasi bilan

Eslatib o‘tamiz, Uill Smit «Qirol Richard» filmi uchun «Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida 2022 yilgi «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring