Ukraina budjetning deyarli yarmini mudofaa uchun ajratadi
Ukraina 2023-yilda mudofaa uchun budjetning deyarli yarmi - 1 trillion 136 milliard grivna ajratadi.
O‘tgan yilga nisbatan xavfsizlik va mudofaa xarajatlari to‘rt barobardan ko‘proqqa oshgan.
Kelgusi yilgi davlat budjeti loyihasi doirasida Ukraina hukumati kamida 19 milliard grivna miqdorida jangovar harakatlar oqibatlarini bartaraf etish jamg‘armasini yaratishga qaror qildi. Bunga Rossiyaning musodara qilingan aktivlari va xalqaro yordam kiradi. Mazkur budjetning 35 foizi ijtimoiy dasturlarga yo‘naltiriladi.
Harajatlarning boshqa barcha moddalari qisqartiriladi.
Shuningdek, AQSh yaqin kunlarda Ukrainaga yana 600 million dollar qiymatidagi qurollar yuborishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, 700 million dollar qiymatida yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter