Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Putinni hibsga olmagan Mo‘g‘ulistonga demarsh e’lon qildi

Ukraina Putinni hibsga olmagan Mo‘g‘ulistonga demarsh e’lon qildi

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ulan-Batorga tashrifi chog‘ida hibsga olmaslik haqidagi qarori tufayli Mo‘g‘ulistonga qarshi demarsh e’lon qilishga qaror qildi. Bu haqda Ukraina TIVning Telegram-kanalida ma’lumot berilgan.

«Mo‘g‘uliston tomoni Rim statutini imzolagan davlat sifatida Putinni Xalqaro Jinoyat Sudi tomonidan hibsga olish to‘g‘risidagi buyrug‘ini bajarishdan bosh tortganidan Ukrainaning hafsalasi pir bo‘ldi», — deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Kiyev kelajakda Mo‘g‘uliston bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda, shuningdek, xalqaro platformalarda o‘z pozitsiyasini ishlab chiqishda ushbu qarorni hisobga oladi. Shu bilan birga, TIV Ulan-Bator Kiyev bilan do‘stona munosabatlarni tiklash choralarini ko‘rishiga umid qilmoqda.

Vladimir Putin sentyabr oyi boshida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgan edi. Bu Rossiya prezidentining hibsga olish uchun order chiqarilganidan keyin XJS yurisdiksiyasini tan olgan mamlakatga birinchi tashrifi edi.

Yevropa Ittifoqi va Ukraina Mo‘g‘uliston rasmiylarini Putinni hibsga olishga chaqirdi, biroq bu amalga oshmadi. Ulan-Batorda Rossiya Federatsiyasi rahbari faxriy qorovul bilan kutib olindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring