Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Rossiya bilan «gaplashish» shartini aytdi

Ukraina Rossiya bilan «gaplashish» shartini aytdi

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududini tark etganidan keyingina davom etishi mumkin.

Bu haqda Ukraina prezidenti adminstratsiyasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qilgan.

«Rossiya kuchlari mamlakatni tark etishi kerak, shundan so‘ng tinchlik jarayonini tiklash mumkin bo‘ladi», — dedi Podolyak.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ikki davlat muzokaralari to‘xtab qolganini ochiqlagandi. 

So‘nggi yuzma-yuz muzokaralar aprel oyi boshida Istanbulda bo‘lib o‘tgandi. Natijada, har ikki tomon muzokaralar jarayonida ma’lum siljishlarga erishilganini e’lon qilgandi. Tez orada Moskva Kiyevni erishilgan kelishuvlardan chetga chiqishda ayblay boshladi. Ukraina rasmiylari, o‘z navbatida, Rossiya armiyasining jinoyatlari haqidagi ma’lumotlar fonida Rossiya Federatsiyasi bilan kelishuvlarga tayyor emasligini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring