Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Suriya kattaligidagi maydonni minadan tozalashiga to‘g‘ri keladi

Ukraina Suriya kattaligidagi maydonni minadan tozalashiga to‘g‘ri keladi

Foto: Portal i.pl

Ukraina urushdan so‘ng 185 ming kvadrat kilometr maydonni minadan tozalashiga to‘g‘ri keladi. Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati vakili seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda gapirib o‘tdi.

Bu juda katta maydon: butun Suriya hududiga teng, Boltiq mamlakatlari hududlarini qo‘shgandan katta, Belarus hududidan sal kichik.

Agar urush hozir to‘xtasa, sapyorlar shuncha katta maydonni mina maydonlaridan, ko‘plab portlamay qolgan jangovar aslahalar, bombalardan tozalashadi.

Ma’lumot uchun: Ukraina hududi — 603 549 km². Hududining salkam uchdan bir qismini minadan tozalash talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring