Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada umummilliy safarbarlik e’lon qilindi

Ukrainada umummilliy safarbarlik e’lon qilindi

Foto: Ukrainian Presidency/Handout/Anadolu Agency via Getty Images

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Umummilliy safarbarlik to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Ukrainaning barcha hududlari va poytaxt Kiyevda safarbarlik e’lon qilindi.

Davlat rahbari saytida e’lon qilingan hujjatda, RF Ukraina hududida harbiy amaliyot o‘tkazayotgani sababli, Ukraina mudofaasini ta’minlash hamda uning qurolli kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarning jangovar va safarbarlik holatini qo‘llab-quvvatlash uchun umummilliy safarbarlik e’lon qilinishi belgilangan.

Farmon kuchga kirganidan boshlab 90 sutka davomida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 24-fevralda Putin Ukrainada «maxsus harbiy amaliyot» boshlanganini e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring