Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada vazirning sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Ukrainada vazirning sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

U xarid qilgan zirhli kiyim sifatsiz bo‘lib chiqdi va ishlab chiqaruvchilar rossiyalik ekani aniqlandi.

Ukraina xavfsizlik xizmati va davlat tergov byurosi mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Ukraina Qurolli Kuchlari uchun 950 million grivna (25 mln AQSh dollari) evaziga sifatsiz zirhli kiyim (bronejilet) sotib olganini fosh qildi.

Shartnoma 2022 yilda tuzilgan. Mahsulotlar standartlarga mos kelmasligi sababli Ukraina Qurolli kuchlarining undan foydalanishiga ruxsat bermagan. Yo‘qotishlar miqdori deyarli 950 million grivnani tashkil etdi.

U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Shapovalov va xaridlar bo‘limi boshlig‘iga ayblov e’lon qilingan.

Ular, shuningdek, 50 mingta zirhli jiletlar sotib olingani, mahsulot nafaqat belgilangan talablarga javob bermasligi va armiyada foydalanish mumkin emasligi, balki, norezident kompaniyadan sotib olinganini qayd etidi. Mahsulotning asl egalari Rossiya fuqarolari hisoblanadi.

Holat yuzasidan yana bir qator mas’ullar qidirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring