Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainani 3,5 milliondan ziyod odam tark etdi

Ukrainani 3,5 milliondan ziyod odam tark etdi

Foto: «Anadolu Agency»

Ukrainada jangovar harakatlar boshlanganidan beri qo‘shni mamlakatlarga o‘tgan qochqinlar soni 3 557 245 nafarga yetdi. Bu haqda BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi bayonot berdi.

24 fevraldan beri qo‘shni mamlakatlarga qochib o‘tganlar soni:

  • Polshaga —2 113 554;
  • Ruminiyaga — 543 308;
  • Moldovaga — 367 913;
  • Vengriyaga — 317 863
  • Slovakiyaga — 253 592;
  • Rossiyaga — 252 376;
  • Belarusga — 4 308.

Yana 69 600 nafar ukrainalik qochqin Yevropaning boshqa mamlakatlariga yetib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring