Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urushga qaramay rus milliarderlari boyib ketmoqda — Bloomberg

Urushga qaramay rus milliarderlari boyib ketmoqda — Bloomberg

Bloomberg Billionaires Index (BBI) yangi reytingiga ko‘ra, 2023-yil boshidan beri eng boy rossiyalik milliarderlarning umumiy boyligi 16,35 milliard dollarga oshgan.

Indeks milliarderlar ulushga ega bo‘lgan kompaniyalar aksiyalari narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Hammasi bo‘lib BBI reytingidan sayyoradagi eng boy 500 kishi o‘rin olgan, ulardan 22 kishi Rossiya fuqarolari sanaladi.

Ularning umumiy boyligi 1-may holatiga ko‘ra 279,88 milliard dollarni tashkil qiladi.

«Lukoyl» neft-gaz shirkati hammuallifi Vagit Alekperov 2023 yilda boshqalardan ko‘ra ko‘proq boyib ketdi. Uning boyligi 3,7 milliard dollarga oshib, 19,1 milliard dollarga yetdi.

Eng yirik mablag‘ «Norilskiy Nikel» metallurgiya kompaniyasining asosiy egalaridan biri Vladimir Potaninga tegishli. Yanvar-may oylarida u boyligini 448 million dollarga oshirib, 29 milliard dollarga yetdi.

Ikkinchi o‘rinda tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi Novatek kompaniyasining ham egasi Leonid Mixelson, kapitali 27,7 milliard dollar (2023yilda +3,09 milliard). Po‘lat ishlab chiqaruvchisi benefitsiar Vladimir Lisin o‘z ixtiyorida bo‘lgan 21,6 milliard dollar (+1,74 milliard dollar) bilan kuchli uchlikni yakunladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring