Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi

Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi

Milliarder o‘z huquqlari buzilgani to‘g‘risida bergan arizasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bild nashriga ko‘ra, bu 2022 yilda Usmonovning mulkida o‘tkazilgan noqonuniy tintuvlar bilan bog‘liq.

USM asoschisi Alisher Usmonov (Forbes talqini bo‘yicha rossiyalik milliarderlar orasida 14,4 milliard dollar bilan 8-o‘rinda turadi) o‘z huquqlari buzilgani haqida ariza berdi, shundan so‘ng Frankfurt-na-Maynda ikki nafar prokurorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Frankfurt prokuraturasi matbuot kotibi Dominik Miyesning aytishicha, ish bitta yuqori lavozimli prokuror va Bosh prokuraturaning bir nafar xodimiga nisbatan ochilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga ikki kishining, jumladan «Rossiya Federatsiyasidan kelgan 70 yoshli tadbirkorning» arizasi sabab bo‘lgan.

Bild nashrining yozishicha, ish adolatdan bo‘yin tovlaganlikda va begunohlarni ta’qib qilganlikda gumon qilinib ochilgan. Nashr bu ishni 2022 yilning kuzida bo‘lib o‘tgan tintuvlar bilan bog‘laydi, Frankfurt sudi o‘tgan yilning may oyida uni noqonuniy deb e’lon qilgan va keyinroq tintuvlar chog‘ida qo‘lga kiritilgan barcha ashyolarni qaytarishni buyurgandi.

Usmonov 2022 yildan beri Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida. U ularni sudga tortishga qaror qilgan. Germaniya tergov organlari rossiyalik tadbirkorni o‘zlashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumon qilmoqda. Tadbirkor barcha ayblovlarni qat’iyan rad etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring