«Uyda yolg‘iz» filmidagi hovli 5,5 million dollarga sotildi
AQShning Illinoys shtatida joylashgan ushbu uyning sobiq egalari binoni eski ko‘rinishini saqlab qolgan holda ta’mirlashgan.
2012 yildan beri ushbu mashhur uy Tim va Trisiya Jonsonlarga tegishli edi. Er-xotin uni 1,5 million dollarga sotib olishgan. 2018 yilda ular uyning tashqi ko‘rinishini saqlab qolgan holda ta’mirlashdi. O‘tgan yilning may oyida esa uyni sotish haqida e’lon berildi va e’lon berilganidan bir necha oy o‘tib 5,5 million dollarga sotildi.
Uyda beshta yotoqxona, oltita hammom, kinoteatr va yopiq sport maydonchasi bor.
«Uyda yolg‘iz» filmining birinchi qismi 1990 yil 10 noyabrda namoyish etilgan.
Ushbu film tufayli katta mshhurlikka erishgan aktyor Makoley Kalkin hozir 44 yoshda. 2024 yilda uning boyligi 18 million dollarga baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter