Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uysiz qolgan dunyoning eng boy odami hech kim kutmagan rejalari haqida so‘zlab berdi

Uysiz qolgan dunyoning eng boy odami hech kim kutmagan rejalari haqida so‘zlab berdi

Foto: «News.obozrevatel.com»

Amerikalik tadbirkor, Tesla bosh direktori va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘z ishini tashlab, bloger faoliyatini boshlash niyatida ekanligini ma’lum qildi.

«Men ishimni tashlab, kun bo‘yi blogerlik bilan shug‘ullanish haqida o‘ylayapman», – deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.

Tadbirkorning obunachilari uning g‘oyasini yuqori baholadilar. Ulardan ba’zilari Maskga o‘zining YouTube-kanalini ochishni taklif qilishdi.

Shu bilan birga, tadbirkor avvalgi xabarida League of Legends onlayn kompyuter o‘yinidan kadrni e’lon qilgan edi. Shu munosabat bilan foydalanuvchilar Tesla rahbari strimerga aylanadi, deb taxmin qilishgandi.

8-dekabr kuni Mask AQShning Kaliforniya shtati Xillsboro shahridagi villasi sotilganidan keyin rasman boshpanasiz qolgani haqida xabar bergandik.

Milliarder ko‘chmas mulkni 32 million dollarga sotgan, xaridorning ismi noma’lum. Shu bilan birga, villa tadbirkorning «so‘nggi uyi» bo‘lgan.

6-noyabr kuni Mask Tesla 934 ming donadan ortiq aksiyasini umumiy qiymati qariyb 930 million dollarga sotgani ma’lum bo‘ldi. Auksion yakunlari bo‘yicha kompaniya aksiyalarining qiymati har bir qimmatli qog‘oz uchun 1013,39 dollarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring