Uzoq yondi: uch mingta avtomobil ortilgan kema cho‘kib ketdi

Tinch okeanining Alyaska sohillariga yaqin qismida yong‘in chiqqan Morning Midas kemasi cho‘kib ketdi, bu haqda 24-iyun kuni Bloomberg xabar berdi.
Kemaga uch mingdan ziyod avtomobil ortilgan edi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Liberiya bayrog‘i ostidagi yuk kemasi 26-may kuni Xitoyning Yantay portidan chiqib, Lasano-Kardenas (Meksika)ga yo‘l olgandi.

5-iyun kuni kemaning elektromobillar turgan qismida tutun paydo bo‘lib, yong‘inga aylangan. Yong‘inni o‘chirishni uddalay olmagan ekipaj kemani tark etgan. Evakuatsiya AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati tomonidan amalga oshirilgan, ekipajning 22 a’zosi yaqin atrofdagi savdo kemasiga o‘tkazilgan, jabrlanganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter