Eronda to‘rt kishi qatl etildi, bu Isroil bilan bog‘liq

Eronda Isroil tashqi razvedka xizmatlariga josuslik qilishda ayblangan to‘rt kishi qatl etildi.
Mamlakatning IRNA axborot agentligi xabariga ko‘ra, 29-dekabr, juma kuni ertalab Mossad zobitlari boshchiligida Eron xavfsizligiga qarshi keng ko‘lamli harakatlarni sodir etishda ayblangan 10 kishidan iborat qo‘poruvchilik guruhining to‘rt nafar a’zosi sud tartibidan so‘ng qatl etilgan.
Qayd etilishicha, mahbuslar Vefa Henari, Aram Omeri, Rahmon Perhazo va Nasim Nemoziy «mamlakatdagi tartibni buzish uchun sionistik rejim (Isroil) bilan razvedka hamkorligi va urush olib borish»da ayblangan.
Bundan tashqari, mahbuslar Mossad zobitlari bilan videoaloqa orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lgani, Tehron, Hormuzg‘on va G‘arbiy Ozarbayjon viloyatlarida qo‘poruvchilik harakatlari, shuningdek, mamlakat xavfsizlik idoralarida ishlagan shaxslarga suiqasd uyushtirgani ma’lum qilingan.
Xuddi shu ish bo‘yicha qolgan olti nafar ayblanuvchining har biri «sionistik rejim bilan aloqasi uchun» 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter