Yaponiyada o‘ta yengil samolyot halokatga uchradi

Yaponiyaning Mito shahrida o‘ta yengil samolyot halokatga uchradi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Qutqaruv xizmati vazifasini bajaruvchi o‘t o‘chiruvchilarning ma’lum qilishicha, samolyotni boshqargan 73 yoshli uchuvchi hushini yo‘qotgan. U zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Samolyot yalanglikka qulagan. Havo kemasining parragi va qanotlari zarar ko‘rgan.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter