Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vetnam prezidenti iste’fo berdi

Vetnam prezidenti iste’fo berdi

Vetnam prezidenti Vo Van Txuong iste’foga chiqdi.

ThanhNien xabar berishicha, Vetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi uning iste’fosini qabul qilgan.

Vo Van Txuong prezidentlikdan tashqari Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi raisi, Kommunistik partiya Markaziy Qo‘mitasi a’zosi va Markaziy Qo‘mita Siyosiy byurosi a’zosi lavozimlarini ham yo‘qotdi.

Eslatib o‘tamiz, 53 yoshli Vo Van Txuong Vetnamning tarixdagi eng yosh prezidenti bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring