Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vitaliy Klichko Zelenskiy borasida keskin gapirdi

Vitaliy Klichko Zelenskiy borasida keskin gapirdi

Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelajakda «yo‘l qo‘ygan xatolari uchun javob berishi»ni aytdi. Bu haqda Klichko 20 Minuten nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U Zelenskiyning reytingi pastlaganidan ajablanmaganini aytgan. So‘nggi vaqtlarda o‘tkazilgan so‘rovnomalar Qurolli kuchlar qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning obro‘si oshganini ko‘rsatgandi. 

«Zelenskiy qilgan xatolari badalini to‘laydi», deydi Klichko.

Shu bilan birga, siyosatchi ukrainaliklarni o‘z rahbarini urush tugaguncha qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Klichko, shuningdek,  Valeriy Zalujniyning front chizig‘idagi murosasizlik haqidagi fikrini ham qo‘llab-quvvatladi. Zalujniy o‘zi yozgan maqolada urush boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqida aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident Poroshenko davrida amalga o‘tirgan Klichko 2019 yildan beri hokimiyatda qolayotgan Zelenskiy bilan iliq munosabatlarga ega emas. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring