Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Putin beshinchi bor Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Vladimir Putin beshinchi bor Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi

Vladimir Putin beshinchi bor Rossiya prezidenti lavozimini egalladi. An’anaga ko‘ra, uning inauguratsiyasining rasmiy marosimi Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tdi.

U tantanali marosim bo‘lib o‘tgan zalga Aurus Senat avtomobilining yangilangan versiyasida yetib keldi.

Rossiya xalqiga sodiqlik qasamyodini qabul qilgach, Konstitutsiyaviy sud raisi Valeriy Zorkin Putinning prezidentlik lavozimini egallashini e’lon qildi.

Qonunga ko‘ra, u keyingi olti yil davomida mamlakatni boshqaradi.

Avvalroq garchi Vashington o‘tgan saylovlarni «erkin va adolatli» deb hisoblamasa ham, Amerika Qo‘shma Shtatlari Vladimir Putin Rossiya prezidenti sifatida qolayotganini tan olishi xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring