«WhatsApp» boshlig‘i ishdan ketdi
«WhatsApp» messenjerining asoschilaridan biri, kompaniya boshlig‘i Yan Kum lavozimini tark etdi.
«Biz Brayan bilan «Whatsapp»ni yaratganimizga deyarli 10 yil bo‘ldi va bu davrlar yaxshi insonlar bilan qilingan eng yaxshi ish edi. Biroq men oldinga harakat qilishim kerak. «Whatsapp» foydalanuvchilari o‘zim tasavvur qilgandan ham ko‘p bo‘lgan vaqtda ketyapman. Hammaga rahmat», deb yozadi Yan Kum «Facebook»dagi sahifasida.
Ma’lum bo‘lishicha, Yan Kum «Facebook» kompaniyasi bilan kelishgan holda bu qarorga kelgan.
Qayd etish lozim, hozirda «WhatsApp» foydalanuvchilari soni 1 milliardni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter