Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy kemalari Yaponiya bilan bahsli hududlarga kirdi

Xitoy kemalari Yaponiya bilan bahsli hududlarga kirdi

Foto: «Anadolu Agency»

Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kemalari bugun, 2-iyun kuni Sharqiy-Xitoy dengizidagi Yaponiya bilan bahsli orollar — Dyaoyuydao (Senkaku) yaqinini patruldan o‘tkazdi. Bu haqda XXR dengiz politsiyasi boshqarmasi xabar berdi.

Xitoy kemalari vaqti-vaqti bilan ushbu arxipelagga suzib kirib, Yaponiya hukumatining noroziligini uyg‘otib keladi.

Yaqinda XXRning 30 ta harbiy samolyoti Tayvan havo kengliklarini buzib kirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring