Xitoy yuk poyezdlari Rossiyani chetlab o‘tib Germaniyaga boradi
Xitoy Rossiya hududini chetlab o‘tib Germaniyaga eltuvchi temir yo‘l yuk poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
Marshrut Xitoyning shimoli-g‘arbiy provinsiyasi Shensining Sian shahrini Germaniyaning Mangeym shahri bilan bog‘laydi. Yangi yo‘nalish Qora va Kaspiy dengizlari orqali o‘tib, temir yo‘l va dengiz trasportidan foydalaniladi.
42 konteyner, umumiy 316 tonna yuk ortilgan ilk poyezd Siandan 13-aprelda yo‘lga chiqdi. Yo‘nalish Xitoy – Germaniya oralig‘idagi Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Ruminiya, Vengriya, Slovakiya va Chexiya orqali o‘tadi. Jami masofa — 11,3 ming kilometr.
Yangi yo‘nalish Xitoy uchun Yevropa bozorlarini ochadi, bu Chin yurti va «Ko‘hna qit’a»ni bog‘lovchi 16-temir yo‘l yuk poyezdlari yo‘nalishi bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter