Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda milliarderlar shiddat bilan kamaymoqda. Nega?

Xitoyda milliarderlar shiddat bilan kamaymoqda. Nega?

Financial Times gazetasining Hurun tadqiqot instituti ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, so‘nggi uch yil ichida Xitoyda dollarlik milliarderlar soni uchdan biridan ko‘proqqa kamaydi.

Instutut ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda milliarderlarning maksimal soni 2021 yilda qayd etilgan - 1185 kishi. Shundan so‘ng ularning soni asta-sekin kamayib bordi va oxirgi hisobda 753 ta qolgan, bu 2021 yilga nisbatan 36 foizga kam.

Milliarderlar sonining qisqarishini faqat yuanning dollarga nisbatan qadrsizlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Xitoyda dollar milliarderlari soni so‘nggi bir yil ichida 16 foizga kamaydi, yuan dollarga nisbatan 2,5 foizga qadrsizlandi. Oxirgi uch yil ichida Xitoy valyutasi 10 foizga tushib ketdi, deyiladi tadqiqotda.

Xitoy tadqiqot instituti ta’kidlaganidek, milliarderlar sonining keskin kamayishi haligacha tiklana olmayotgan Xitoy iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari bilan bog‘liq. Sabab sifatida fond bozorlaridagi pessimistik kayfiyat, hokimiyat tomonidan tazyiq va cheklovlar ham keltirilmoqda.

Hozirda Xitoydagi eng boy odam ByteDance rahbari Chjan Yiming hisoblanadi. Uning boyligi 49,3 milliard dollarga baholangan. Moliyaviy holati 47,9 milliard dollarga baholangan shisha suv ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasi egasi Chjung Shanshan joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring