Xoh ishoning, xoh ishonmang: 9 metrli tirnoq

Dunyodagi «Eng uzun tirnoqli odam» unvoni egasi hindistonlik Shridrax Chillal tirnog‘idan ayrildi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra 66 yildan beri tirnog‘ini olmayotgan 83 yoshli Chillal 910 santimetrli tirnoqlarini olib, AQShdagi muzeyga topshirdi.
Nyu-York shahridagi «Believe it or not!» («Xoh ishoning, xoh ishonmang!») muzeyida uyushtirilgan tadbirda Chillalning tirnoqlari mutaxassis tomonidan ehtiyotkorlik bilan olindi.
«Tirnoq o‘stirish – juda mashaqqatli ish. Uxlayotganingizda ham ehtiyot bo‘lishingiz kerak», – degan Chillal.
Dunyodagi eng uzun tirnoq sohibi sifatida 2014 yili Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Chillalning eng uzun tirnog‘i bosh barmog‘iniki edi: 197,8 santimetr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter