Yaas bo‘roni natijasida 3,5 million kishi evakuatsiya qilindi
Hindistonda yuzaga kelgan «Yaas» sikloniga duch kelgan sharqiy Odisha va G‘arbiy Bengaliya shtatlarining qirg‘oq hududlaridan taxminan 3,5 million kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga asoslanib TASS xabar berdi.
Odishada deyarli 3 million kishi, G‘arbiy Bengaliyada yarim millionga yaqin kishi o‘z uylarini tark etishgan. Aholi ushbu kuchli tropik bo‘ron o‘z jiddiy zarar yetkazgan hududlarni tark etishda davom etmoqda.
Hindiston meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, «juda shiddatli siklonik bo‘ron» deb tasniflangan «Yaas» yaqin bir necha soat ichida Paradip va Sagar oroli o‘rtasidagi qirg‘oq hududiga kuchli zarba bergan. U Bengal ko‘rfazidan harakatlanib, natijada kuchli yomg‘ir va 51,3 m/s tezlikdagi shamol yuzaga kelgan.
Baliqchilarga dengizga chiqmaslik tavsiya etilgan. G‘arbiy Bengal poytaxti Kalkutta aeroportida parvozlar butkul to‘xtatilgan. Hokimiyat shifoxonalar va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga shifoxonalarni elektr energiyasi va tibbiy kislorod bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishni tavsiya etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter