Yaponiya cheklovlarni fevral oxirigacha uzaytirdi

Yaponiya hukumati chet el fuqarolarining mamlakatga kirishini fevral oxirigacha cheklaydi.
Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisida jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, dastlab kirish bo‘yicha ta’qiq 2021yilning 30 noyabrda COVID-19’ning Omikron turi aniqlangani tufayli joriy qilingan edi. U yanvar oxirigacha etib belgilangan. Lekin kasallanish soni kun sayin ortib borayotgani sababli cheklov fevral oxirigacha uzaytirildi.
Worldometers sayti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan buyon Yaponiyada 1,77 milliondan ziyod inson COVID-19ga chalingan, 18,4 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter