Yaponiya malikasi Ayako nasabidan voz kechdi va oddiy odamga turmushga chiqdi
Yaponiya malikasi Ayako nasabidan voz kechdi va oddiy odamga turmushga chiqdi.
An’anaga ko‘ra, qirol oilasiga kelin bo‘lgan ayol o‘z-o‘zidan uning a’zosiga aylanadi. Agarda qirol oilasining qizi oddiy odamga turmushga chiqsa... oddiy fuqaroga aylanadi. Xuddi Key Moritoni tanlagan malika Ayakoga o‘xshab.
To‘y marosimi bugun, 29-oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Kuyov — Key Morito yirik kemasozlik kompaniyasida ishlaydi.
«Sulton suyagini xo‘rlamas», deyishadi — 28 yoshli Ayakoga davlat 1,3 million dollar nafaqa to‘lab beradi. U nasabiga mos turmush kechirishi, xor bo‘lmasligi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter