Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada 100 yoshni hatlaganlar soni 100 ming nafardan oshdi

Yaponiyada 100 yoshni hatlaganlar soni 100 ming nafardan oshdi

Foto: AFP

Yaponiyada 100 va undan katta yoshdagi aholi soni ilk bor 100 ming nafardan oshdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi ma’lumot berishicha, 15 sentyabr holatiga ko‘ra, Yaponiyada 100 va undan katta yoshdagi 107 677 kishi istiqomat qilmoqda. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 7 914 nafarga ko‘pdir.

Ayollar uzoq umr ko‘ruvchilar umumiy sonining 87,6 foizini — 94 298 nafarni, erkaklar esa 13 379 nafarni tashkil etmoqda.

Yaponiyada 100 va undan katta yoshdagi insonlar soni ketma-ket 56 yildan beri o‘sib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring