Yevropalik eng keksa erkak vafot etdi
Italiya janubidagi Avilyano shahrida Vitantonio Lovallo 112 yoshida vafot etdi. 1914-yilning mart oyida tug‘ilgan bu inson Yevropadagi eng keksa erkak kishi hisoblanar edi.
Lovallo uzoq yillar davomida fermerlik qilgan, qo‘y boqib, uzum yetishtirgan. Hatto 100 yoshdan oshgan paytida ham uzumzorda ishlashni davom ettirgan.
Ikkinchi jahon urushi paytida Lovallo frontda xizmat qilgan, 1943–1945-yillarda esa Germaniya asirligida bo‘lgan. U oilali bo‘lib, to‘rt nafar farzandi bor edi. Rafiqasi bir necha yil oldin vafot etgan.
Lovalloning vafotidan so‘ng portugaliyalik 111 yoshli Joakim Varela Yevropaning eng keksa erkagiga aylandi. Varela eng keksa yevropaliklar reytingida atigi 32-o‘rinni egallab turibdi — 31 nafar ayol undan oldinda. Ushbu ro‘yxatga ko‘ra, Yevropa va butun dunyodagi eng keksa inson britaniyalik 117 yoshli Etel Katerhem hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter