Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yaponiya Rossiyadan yuqori narxda neft sotib olmoqda» — The Wall Street Journal

«Yaponiya Rossiyadan yuqori narxda neft sotib olmoqda» — The Wall Street Journal

Yaponiya Rossiya neftini G7 mamlakatlari tomonidan belgilangan chegaradan yuqori narxda sotib olmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri mamlakatning rasmiy savdo statistikasiga tayanib yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, yanvar-fevral oylarida Tokio 784 ming barrel neft sotib olgan. Yaponiya sotib olgan Rossiya neftining umumiy qiymati 6,9 milliard yen (taxminan, 52 million dollar)ni tashkil qiladi. Shunda bir barrel neft narxi 70 dollarga to‘g‘ri kelmoqda.

«Rossiya kuniga millionlab barrel neft eksport qiladi va bunda Yaponiya xaridlari «arzimas» miqdorni tashkil qiladi», – deb yozamoqda The Wall Street Journal.

Ma’lumot uchun, Yaponiyadan tashqari AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiyani o‘z ichiga olgan G7 davlatlari o‘tgan yilning kuzida Rossiya neftiga chegara narx belgilashga kelishib olishgan edi.

2022 yilning noyabr oyida Vashington Tokioga istisno tariqasida «Saxalin-2» loyihasi bo‘yicha Rossiya neftini dengiz orqali tashishga ruxsat bergandi.

Keyinroq, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Tokio Moskva bilan neft savdosi bo‘yicha loyihalarni davom ettirishini, chunki bu Yaponiyaning energiya xavfsizligi uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.

2022 yilning dekabr oyida G7, Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Avstraliya va Shveysariya bir barrel neft uchun 60 dollarlik narx chegarasini tasdiqlagan. Rossiya esa bunga javoban neft narxiga chegara o‘rnatgan mamlakat va kompaniyalarga neft yetkazib berishdan bosh tortgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring