Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketini kengaytirdi

Yaponiya hukumati Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirmoqda. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.
Yaponiya yangi cheklovlar paketi doirasida 3 fevraldan radioaktiv materiallar, vaksinalar va tibbiy mahsulotlar, shuningdek, robotlar eksportiga taqiq joriy qilmoqda.
Hammasi bo‘lib, yangi ro‘yxat 80 dan ortiq bandlarni o‘z ichiga oladi.
Yaponiya tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tokio 27 yanvardan boshlab Rossiyaning 49 kompaniyasi va tashkilotiga eksportni taqiqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter