Yaponiya sobiq bosh vaziri Nakasone 101 yoshida olamdan o‘tdi

Yaponiya sobiq bosh vaziri Yasuxiro Nakasonening o‘limi haqida 29-noyabr kuni «NHK» telekanali xabar berdi.
— Yaponiya sobiq bosh vaziri Yasuxiro Nakasone vafot etdi. U 101 yoshda edi. Nakasone 1980-yillarda AQSh sobiq prezidenti Ronald Reygan bilan yaqin munosabatda bo‘lganligi bilan tanilgan, — deyiladi telekanal bosh sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Nakasone 1982-yildan 1987-yilgacha Yaponiya hukumatini boshqargan. Bu 1806 kunlik rekord natija hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter