Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada o‘limga olib boruvchi xavfli kasallik avj olmoqda

Yaponiyada o‘limga olib boruvchi xavfli kasallik avj olmoqda

Yaponiyada o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan gemolitik streptokokkning rekord darajada tarqalishi qayd etildi.

5-maydan buyon mamlakatda 801 ta infeksiya holati aniqlangan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,76 barobarga ko‘pdir. Umuman olganda, 2023-yilda 941 ta o‘tkir gemolitik streptokokk yuqumli kasalligi qayd etilgan.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, bunga koronavirusdan himoya choralari zaiflashgani sabab bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Avvalroq dunyoda saraton kasalligi ko‘paygani va 50 yoshgacha bo‘lgan odamlarda ko‘proq tarqalgani haqida xabar berilgan. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, buning ortida atrof-muhit va turmush tarzidagi o‘zgarishlar yotadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring