Yaponiyalik 90 yoshli ayol dunyodagi eng keksa ofis menejeri deb topildi

Yaponiyalik keksa ayol 65 yildan beri bir joyda ishlab kelmoqda. U kompyuterdagi ishini juda yaxshi bajaradi va smartfonida «Facebook»da o‘tiradi. Endi uning dunyodagi eng keksa ofis menejeri ekanligini tasdiqlovchi guvohnomasi bor, deyiladi Ginnesning rekordlar kitobi saytida.
Yasuko Tamaki 1930-yil 15-mayda dunyoga kelgan. U 1956-yildan beri «Sunco Industries» savdo kompaniyasida mehnat qiladi. Keksa xodima kompyuter dasturlari bilan yaxshi tanish. Uning vazifalariga kompaniya ishchilari uchun ish haqi va mukofotlarni hisoblash kiradi. Shuningdek, u soliq hisobotlarini yuritadi.
Rekordchi xonim odatdagi tartibda ishlamoqda: haftasiga besh kun kuniga yetti yarim soatdan. Rekord haqidagi sertifikatni taqdim etish paytida u nafaqaga chiqmasligini tan oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter