Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaning eng keksa fuqarosi vafot etdi

Yaponiyaning eng keksa fuqarosi vafot etdi

Foto: «News.myseldon.com»

Yaponiyaning eng keksa erkagi Motoi Fukunisi bo‘lgan. U 110 yoshda edi, deya xabar berdi «NHK» telekanali.

Fukunisi Ibaraki prefekturasi Simotsuma shahrida istiqomat qilgan. U 22 avgust kuni shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Motoi Fukunisi 1910-yil 25-mart kuni Simotsuma shahrida dunyoga kelgan. O‘qituvchi bo‘lib ishlagan, keyinchalik bolalar bog‘chasiga direktor bo‘lgan.

Endi Yaponiyaning eng keksa fuqarosi Mikidzo Ueda hisoblanadi. U ham 110 yoshda. Otaxon Nara shahrida istiqomat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas