Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yelloustonda oq buyvol dunyoga keldi — hindular buni «yaxshilikka» deyishmoqda

Yelloustonda oq buyvol dunyoga keldi — hindular buni «yaxshilikka» deyishmoqda

Foto: CBS News

AQShning Yellouston milliy bog‘ida oq buyvol dunyoga keldi. Hindular buni «yaxshilik alomati», deyishmoqda.

«Bu buzoq (buyvol)ning tug‘ilishi — ham baraka, ham ogohlantirishdir. Biz zamin va hayvonlarni muhofaza qilish uchun ko‘proq ishlar qilishimiz kerak», — dedi lakota qabilasi sardori Arvol Luking Hors CBS Newsga intervyusida.

Foto: CBS News

Lakota afsonalariga ko‘ra, 2 ming yillar avval hayvonlar ochlik va o‘latdan qirilib ketayotgan paytda hindular huzuriga ayol kishi oq buyvol qiyofasida tashrif buyurgan. Aytishlaricha, u keyingi safar og‘ir damlar boshlanganida oq buzoq (buyvol) qiyofasida qaytishga va’da bergan ekan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring