Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshlar orasida saraton kasalligi ortib borayotgani aniqlandi

Yoshlar orasida saraton kasalligi ortib borayotgani aniqlandi

Ilyustrativ foto

Dunyo bo‘ylab saraton kasalligi ko‘payib bormoqda va u ko‘pincha yoshlarda uchramoqda.  Bu haqda  Wall Street Journal jurnali maqola chop etdi.

Nashrning qayd etishicha, AQShda saraton kasalligiga tashxis qo‘yish darajasi 20 yil ichida 12,8 foizga oshgan. Tadqiqot shuningdek, butun dunyo bo‘ylab, birinchi navbatda, Shimoliy Amerika, Avstraliya va G‘arbiy Yevropada 50 yoshgacha bo‘lgan odamlarda saraton kasalligiga chalinganlar soni keskin oshganiga ishora qiladi.

Nashr saraton markazida erta boshlangan oshqozon-ichak saratoni bilan og‘rigan bemorlarga mo‘ljallangan dastur direktorining so‘zlaridan iqtibos keltiradi: «Bemorlar yosharmoqda. Bu atrof-muhit ta’siri, oziq-ovqatlar, dori-darmonlarimiz yoki bizda hali aniqlanmagan narsa bo‘lishi mumkin».

Maqolada aytilishicha, bu tibbiyot mutaxassislarini boshi berk ko‘chaga olib boradi. Shifokorlar esa buni turmush tarzi o‘zgarishiga bog‘laydi – yetarli darajada jismoniy faollikning yo‘qligi, yuqori darajada qayta ishlangan oziq-ovqatlarning ko‘pligi, yangi toksinlar, mikroplastiklarning paydo bo‘lishi va semirib ketganlar sonining ko‘payishida ekanligiga shubha qilishadi. Shu bilan birga, mutaxassislar semirish va turmush tarzi vaziyatni to‘liq o‘z ichiga olmasligini ta’kidlamoqda.

«Ko‘p yosh bemorlar juda sog‘lom, ya’ni boshqa tana a’zolari soppa-sog‘», –dedi Xyustondagi saraton markazining yo‘g‘on ichak saratoni jarrohi Nensi Yu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring