Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurish navbati AQShga. Oq uy Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik harbiy yordam tayyorlamoqda

Yurish navbati AQShga. Oq uy Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik harbiy yordam tayyorlamoqda

Oq uy Ukrainaga 1,1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik manbalarining ta’kidlashicha, gap bir milliard dollar miqdoridagi harbiy yordamni yetkazib berish haqida ketmoqda. Bu yordam yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilyapti.

AQShning bu galdagi harbiy yordam paketiga HIMARS raketa tizimi uchun o‘q-dorilari, artilleriya snaryadlari, uchuvchisiz uchoqlar, radar, minadan tozalash uskunalari, o‘qotar qurollar, tungi ko‘rish ko‘zoynaklari va qishki sovuq havo vositalari kiradi. Oq uy tomonidan buning uchun jami 600 million dollar ajratilgan.

AQSh ma’muriyati hozircha Ukrainaga yangi HIMARS tizimlarini jo‘natmasliklarini aytishgan. Sababi, Oq uy Ukrainadagi  HIMARS soni yetarli deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, Sentyabr oyining boshida Nyu-York Tayms gazetasi Ukraina armiyasida jami 26 ta raketa tizimi, jumladan, 16 ta HIMARS va Buyuk Britaniya hamda Germaniya tomonidan taqdim etilgan AQShda ishlab chiqarilgan 10 ta M270 rusumli raketalar mavjudligi haqida xabar bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring