Özbekiston va Qatar strategik şeriklikni yanada mustahkamlaşga intilmoqda
26-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Suhbat avvalida oliy darajadagi faol muloqotlar va izchil hamkorlik natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Bunday yaqin aloqalar o‘zaro ishonch va do‘stlikni mustahkamlash, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratayotgani qayd etildi.
Muloqot davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy almashinuvni faollashtirish, investitsiyaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, istiqbolli loyihalarni ilgari surish hamda ijtimoiy-gumanitar sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar. Shuningdek, uchrashuvda global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim muloqotlardan biri bo‘ldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter