Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «Humo arena»da vatanparvarlik festivali o‘tkazilmoqda

Bugun «Humo arena»da vatanparvarlik festivali o‘tkazilmoqda

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 7-may kuni «Humo arena» muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali tashkil etilmoqda.

9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiridan harbiy orkestr va san’atkorlarning vatanparvarlik ruhidagi quy va qo‘shiqlaridan iborat konsert dasturi, harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, yurt himoyachilarining qo‘l jangi va saf elementlari bilan chiqishlari o‘rin olgan.   

Festivalda barcha yurtdoshlarimiz va mamlakatimiz mehmonlari ishtirok etishi mumkin. Tadbir ertalabdan kechki 19.00 gacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring