Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oson qutuldimi — qochoq «Damas» haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

Oson qutuldimi — qochoq «Damas» haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

Bir necha kun muqaddam Toshkent ko‘chalarida «Damas» avtomobili yo‘l harakati inspektorlaridan qochib yurgani haqida xabar berilgan edi.

Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchining shaxsi aniqlangan. U 30 yoshli Sanjar K. bo‘lib, tegishli hujjatlarsiz avtomobilni boshqargan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Olmazor tumani ma’muriy sudi 30 iyulda ushbu holat bo‘yicha hukm chiqardi. Unga ko‘ra, Sanjar K. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining «Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik» /(1 bo‘lim, 194 modda), «Transport vositasi haydovchisi tomonidan halal berish yoki avariya holatini yuzaga keltirish, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalish uchun mo‘ljallangan qismiga o‘tib ketish» (2 bo‘lim, 128-5 modda) va «Kichik bezorilik» (183) moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi. Unga nisbatan eng kam ish haqining 11 barobari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring