Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ Turkiyadan o‘rtoqlik o‘yinisiz qaytadi

O‘zbekiston MTJ Turkiyadan o‘rtoqlik o‘yinisiz qaytadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-dekabridan beri Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazmoqda.

Yig‘in davomida Ektor Kuper boshchiligidagi murabbiylar shtabi Osiyo Kubogiga yo‘l oladigan yakuniy tarkibni aniqlab oldi.

23 nafar futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan qit’a musobaqasida yangi libosda yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 

O‘FA matbuot xizmati xabar berishicha, yig‘in doirasida bitta nazorat o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ammo milliy terma jamoa bosh murabbiyi keyinchalik bu fikrdan qaytib, turli jarohatlarni oldini olish maqsadida nazorat uchrashuvi o‘tkazmaslikka qaror qilgan.

Shunday qilib, 29-dekabrdan 30-dekabrga o‘tar kechasi futbolchilarimiz Turkiyadan yurtimizga qaytib kelishadi. Keyin Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun 2-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring