Koronavirus qanday jilovlandi? Pandemiya Janubiy Koreya misolida
O‘z vaqtida Janubiy Koreya Xitoydan keyingi o‘rinda turuvchi eng yirik virus o‘chog‘i deb belgilangan edi. Fevral oyining oxirida virus yuqtirgan supertarqatuvchi (31-bemor) hisobiga virus o‘sha vaqtda Janubiy Koreyada birdaniga keskin oshib ketgandi. Buni quyidagi epidemiya gistogrammasidan ham ko‘rsangiz bo‘ladi.
2 mart kuni mamlakatda epidemiyaning eng cho‘qqisiga chiqqani qayd qilingan. Mart oyining yarmiga kelib epidemiya to‘lqini sezilarli ravishda pastlagan. Ikki haftada epidemiyani bunday muvaffaqiyatli tarzda jilovlash quyidagi uch omilga bog‘liq bo‘ldi deb hisoblayman:
1) Mamlakat tomonidan kasallanganlarni zudlik bilan karantin hududiga qamrab olish;
2) Kasallanganlar, ular kontaktga kirishganlar, kontaktga kirishganlar bilan kontaktda bo‘lganlarni testdan o‘tkazish;
3) Aholining karantin qoidalariga amal qilishi;
Mana shu uch jihatni mamlakat juda tez amalga oshirdi va epidemiya to‘lqini jilovini o‘z qo‘liga ola bildi. Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash tizimi epidemiya avj olishni boshlashi bilan bir vaqtning o‘zida ko‘p odamni testdan o‘tkazishi ularning eng katta yutug‘i bo‘ldi. Ular ayni kungacha yarim milliondan ortiq odamni testdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Mana shu bois ham Janubiy Koreyadagi virus yuqtirganlar soni 10 mingta atrofida bo‘lib turibdi. Juda ko‘p davlatlar, jumladan, AQSh, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar ham o‘z vaqtida bu usuldan foydalanganda edi, bu qadar ko‘p virus yuqtirganlar bo‘lmasdi. Ular ommaviy test o‘tkazishda ancha kech harakat qilishdi.
Xo‘sh nega unda hozir ham Janubiy Koreyada epidemiya davom etmoqda?
Haqiqatan ham, so‘nggi 10 kundan beri har kuni mamlakatda 27-94 oralig‘ida yangi holatlar qayd etib turilibdi. Bu holatni ham ikki xil izohlash mumkin:
1) Immuniteti kuchlilarda virusning inkubatsion davri uzoq davom etadi yoki ba’zan kasallik hech qanday simptomsiz kechadi, mana shunday holatdagi kishilar virus yuqtirishda davom etmoqda.
2) Karantin qoidalari nisbatan yumshagan va odamlar erkin harakatlanish, o‘zaro jismoniy masofa saqlashga to‘liq rioya qilmayapti.
Har ikki holatda ham Janubiy Koreyada ahvol kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Ayni vaqtda mamlakatda umumiy virus yuqtirgani tasdiqlanganlar soni 10 480 nafarni, undan batamom tuzalib ketganlar 7 243 nafarni, vafot etganlar 211 nafarni (2,01%) tashkil etmoqda. 14 070 nafar kishi esa virus yuqtirgani ehtmoli bilan karantin hududida qolmoqda. Mening taxminimcha yozga bormasdan ushbu mamlakat Xitoy kabi epidemiyani ortda qoldiradi. Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga o‘zingizni asrang, deb qolaman. Koreys shifokorlarining jasorati va harakatlariga esa tasanno aytmasdan iloj yo‘q.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter