Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-dekabrdan jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi

1-dekabrdan jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yil 1-dekabrdan boshlab har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballarini hisoblab borish test rejimida ishga tushiriladi.

Hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchini ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish, qoida buzmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llanishi tartibini nazarda tutuvchi haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish belgilangan.

Jarima ballarini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilgan holda qonun loyihasini qayta takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli 1-dekabrdan boshlab jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushiriladi.

Bunda qoidabuzarliklar avtomatik tarzda dasturiy ta’minotda qayd etib boriladi. Ushbu tizim yangi bo‘lganligi sababli, test rejimida ishlagan vaqtda tizimdagi hamda sodir etilgan qoidabuzarliklardagi barcha xato va kamchiliklar tizimni texnik qo‘llab-quvatlash davrida bosqichma-bosqich aniqlanib, bartaraf etilib, takomillashtirilib boriladi.

«Aholidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni oldini olish maqsadida test rejimi vaqtida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha ballar hisobga olinmaydi.

Dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan xato va kamchiliklar to‘liq bartaraf etilgandan keyin ishga tushirilib, haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi. Ijobiy test sinov natijalari yuzasidan, mazkur tizimni ishga tushirish vaqti bo‘yicha ommaviy axborot vositalariga qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring