ADM Global yangi Kia Sonet shahar krossoveriga narxlarni e’lon qildi
2024-yil 1 aprel kuni Kia Uzbekistan’ning rasmiy saytida krossoverlarning o‘z liniyasidagi eng ixcham model sanalgan Sonet’ning narxlari e’lon qilindi.
Ushbu krossover O‘zbekiston hududida, payvandlash va kuzovi bo‘yalishidan tortib, to avtomobillarning so‘ngui sinovdan o‘tkazilishigacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi to‘liq texnologik sikl (CKD) bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan Kia’ning ilk modeli hisoblanadi. Avtomobil O‘zbekistonda uchta komplektatsiyada, modelga oldindan buyurtma berishni boshlash davrida maxsus narx bo‘yicha taqdim etiladi:
Classic – 189 900 000 so‘m;
Luxe – 222 900 000 so‘m;
Prestige – 239 900 000 so‘m narxlarda.
Kia Sonet – ixcham zamonaviy shahar krossoveridir. Ushbu so‘nggi urfdagi krossover zamonaviy dizayn, qulaylik va ilg‘or texnologiyalarni taklif etib, bular uni yosh va o‘zini hurmat qiluvchi insonlar orasida mashhur smart-krossoverga aylantiradi. Kichik o‘lchamlariga qaramay, Sonet taniqli bo‘lgan «Yo‘lbars tabassumi» radiator panjarasiga hamda «yurak urishi» uslubidagi yorug‘likdiodli optikasiga ega. Sonet’ning so‘ngi urfdagi qiyofasi e’tiborni o‘ziga jalb etadi, «yo‘ltanlamas» elementlar esa unga yanada dadil va qat’iyatli ko‘rinish baxsh etadi. Katta, 205 mm ga teng yer sathidan balandlik tufayli, Sonet uchrashi mumkin bo‘lgan deyarli har qanday vaziyatda o‘zingizni ishonchli his qiladi.
Sonet’ning intereri ko‘plab jozibali yechimlarga ega. U o‘zida zamonaviy «integratsiyalashtirilgan» qurilmalar paneli va multimedia tizimining ekranini, rangni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan interer zonalarining yoritilishini, mobil qurilmalarni simsiz zaryadlash paneli va USB ulagichlarining mavjudligini uyg‘unlashtiradi. Sonet, shuningdek, kichik krossoverlarda kamdan-kam hollarda uchraydigan premiyum toifasidagi Bose audio tizimini taklif etadi. Uzunligi – 4120 mm, kengligi – 1790 mm va balandligi – 1625 mm (tomdagi reylinglarni hisobga olgan holda – 1642 mm) bo‘lgan o‘zining ixcham o‘lchamlariga qaramay, Sonet ikkinchi qator o‘rindiqlarining oddiy holatida yetarli darajada katta bo‘lgan 392 litr hajmli yukxonaga ega.
Kia Sonet – yaxshi muvozanatli va texnik jihatdan mukammal avtomobil bo‘lib, vaqt sinovidan o‘tgan, maksimal quvvati 115 ot kuchiga teng bo‘lgan to‘rt silindrli 1,5 MPI benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel olti pog‘onali mexanik transmissiya yoki avtomatik uzatish qutisiga taqlid qilauvchi va dvigatel aylanishlarini optimal oraliqda saqlaydigan «intellektual» variatorli IVT bilan juftlikda ishlaydi. Shuningdek, avtomobilni haydash uslubi va yo‘l sharoitlariga yanada aniqroq moslashtirish uchun harakat rejimlarini tanlash tizimi mavjud. Kia Sonet’ning barcha taqdim etilayotgan komplektatsiyalari old privodlidir.
Kia Sonetning bazaviy jihozlanishi kuzov rangida bo‘yalgan yon ko‘zgular korpuslari va eshik tutqichlarini, radiator panjarasidagi qora porloq hamda old va orqa bamperlardagi kumush rang qo‘shimchalarni, markaziy tirsak tayanchini, haydovchi uchun ko‘zoynak qutisi va ikkinchi qatori o‘rindiqlari uchun xushmuomala chiroqni, yukxona bo‘lmasi yoritilishi va tokchasini, barcha eshiklardagi oyna ko‘targichlar elektr privodini, rul ustunining balandlik bo‘yicha sozlanash imkoniyatiga ega ko‘p funksiyali rul chambaragini, masofadan boshqariluvchi markaziy qulfni, 4 dinamikli audio tizimni, immobilayzerni, mobil qurilmalarni ulash uchun Bluetooth modulini nazarda tutadi. Komplektatsiyasidan qat’i nazar, yorug‘lidiodli faralar va kunduzgi yurish chiroqlari, gabarit chiroqlari va orqa chiroqlar o‘rnatiladi.
Classic komplektatsiyasida krossover olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Avtomobilning 100 km/soat tezlikka tezlashishi 10,6 soniyaga teng, kombinatsiyalangan sikldagi yoqilg‘i sarfi 6,5 l/100 km. Sonet Classic konditsioner bilan jihozlanadi, o‘rindiqlar kombinatsiyalangan (mato/sun’iy charm) qoplamga ega. 215/60R16 shinali shtamplangan po‘lat diskli 16 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatiladi.
Kia Sonet Luxe variatorli transmissiyaga ega bo‘lib, 100 km/soat tezlikka 11 soniyada tezlashadi, yoqilg‘i sarfi – 100 km uchun 6,2 litr. Krossover tomdagi reylinglar, tumanga qarshi faralar va xromlangan tashqi tutqichlar bilan jihozlangan. Haydovchi o‘rindig‘i qo‘shimcha ravishda balandligi bo‘yicha sozlanishga ega. Shuningdek, ushbu komplektatsiyaga dvigatelni ishga tushirish tugmasi bo‘lgan Smart Key kalitsiz kirish tizimi, avtomatik iqlim nazorati, kruiz-boshqaruvi va Android Auto va Apple Carplayni qo‘llab-quvvatlovchi 8 dyuymli rangli displeyli hamda 6 ta dinamikli multimedia tizimi kiradi. Krossover, shuningdek, orqa parkovka datchiklari, dinamik markirovka chiziqlari bo‘lgan ortni ko‘rish kamerasi va yorug‘lik datchigi bilan ham jihozlangan.
Kia Sonet Prestige Maksimal komplektatsiyasida oyna osti chizig‘i xromlangan moldinglari, 215/60R16 shinali 16 dyuymli yengil qotishma diskli g‘ildiraklar, tomdagi elektr privodli lyuk, tashqi ortni ko‘rish ko‘zgularni buklanishi elektr privodi, qizil chokli sun’iy charm bilan bezatilgan o‘rindiqlar, old o‘rindiqlarning ventilyasiyasi tizimi, charm qoplamli rul va transmissiya selektori dastagi, elektroxromli (o‘z-o‘zidan xiralashadigan) ECM salon ko‘zgusi, avto funksiyali haydovchi eshigining oyna ko‘targichi, interer jabhalarining dinamik yoritilishi, pedallardagi metall qoplamalar, 4,2 dyuymli displeyga ega Supervision qurilmalar paneli, Drive Mode Select haydash rejimini tanlash tizimi, old parkovka datchiklari, 7 dinamikli Bose audiotizimi va markaziy konsoldagi mobil uskunalarni simsiz zaryadlash paneli bilan jihozlangan.
Ta’kidlash joizki, Kia an’anaviy ravishda asosiy e’tiborni xavfsizlikka qaratadi. Sonet’ning kuzovi bardoshli po‘latdan, jumladan, yuqori chidamli va o‘ta yuqori chidamli navlaridan tayyorlangan. Avtomobil old xavfsizlik yostiqchalari bilan, Prestige konfiguratsiyasi esa – yon xavfsizlik yostiqchalari va pardachalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, avtomobil tormoz blokirovkasiga qarshi tizim (ABS), kurs barqarorligi tizimi (ESC), qiyalikda qo‘zg‘alishga yordam tizimi (HAC), shinalardagi bosimni nazorat tizimi (TPMS) hamda ISOFIX bolalar o‘rindig‘ini mahkaklanishi va harakatlanish paytida eshiklarni avtomatik qulflash kabi xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.
Ixcham Sonet krossoverlariga Kia’ning jozibador an’anaviy zavod kafolat shartlari amal qiladi. Ishlab chiqaruvchi, qay biri birinchi kelishiga ko‘ra 5 yil yoki 150 000 kilometr yurishga kafolatni taqdim etadi.
Telefon: +998 (55) 500-83-33
Sayt: kia.uz
Instagram: @kia__uzbekistan
Telegram: t.me/kia_rasmiy
Telegram-bot: t.me/kiauzbekistanbot
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter